وَعَنْ طَلْقِ بْنِ عَلِيٍّ قَالَ: خَرَجْنَا وَفْدًا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَبَايَعْنَاهُ وَصَلَّيْنَا مَعَهُ وَأَخْبَرْنَاهُ أَنَّ بِأَرْضِنَا بِيعَةً لَنَا فَاسْتَوْهَبْنَاهُ مِنْ فَضْلِ طَهُورِهِ. فَدَعَا بِمَاءٍ فَتَوَضَّأ وتمضمض ثمَّ صبه فِي إِدَاوَةٍ وَأَمَرَنَا فَقَالَ: «اخْرُجُوا فَإِذَا أَتَيْتُمْ أَرْضَكُمْ فَاكْسِرُوا بِيعَتَكُمْ وَانْضَحُوا مَكَانَهَا بِهَذَا الْمَاءِ وَاتَّخِذُوهَا مَسْجِدًا» قُلْنَا: إِنَّ الْبَلَدَ بَعِيدٌ وَالْحَرَّ شَدِيدٌ وَالْمَاءَ يُنْشَفُ فَقَالَ: «مُدُّوهُ مِنَ الْمَاءِ فَإِنَّهُ لَا يَزِيدُهُ إِلَّا طِيبًا» . رَوَاهُ النَّسَائِيُّ
Talq ibn Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ huzurlariga vakil boʻlib chiqdik, u zotga bayʼat berdik va u zot bilan birga namoz oʻqidik. Biz u zotga yurtimizda oʻzimizga tegishli bir cherkov borligini aytdik va u zotdan tahorat suvlarining qoldigʻidan berishlarini soʻradik. U zot suv soʻrab keltirdilar, tahorat qildilar, ogʻizlarini chaydilar, soʻng uni bir idishga soldilar va bizga buyurib: «Chiqinglar, yurtingizga yetib borgach, cherkovingizni buzinglar, uning oʻrniga bu suvni sepinglar va u yerni masjidga aylantiringlar», dedilar. Biz: «Yurt uzoq, jazirama issiq va suv qurib qoladi», dedik. U zot: «Uni suv bilan koʻpaytiringlar, chunki bu uni yanada pokroq qiladi, xolos», dedilar. Biz chiqib, yurtimizga yetib bordik, cherkovimizni buzdik, soʻng uning oʻrniga suv sepdik va uni masjidga aylantirib, unda azon aytdik. Rohib esa Tay qabilasidan bir kishi edi. U azonni eshitgach: «Haq daʼvatidir», dedi. Soʻng bizning tepaliklarimizdan biriga qarab yoʻl oldi va biz uni undan keyin koʻrmadik.