وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الْأَرْضُ كُلُّهَا مَسْجِدٌ إِلَّا الْمَقْبَرَةَ وَالْحَمَّامَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ والدارمي
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Yer yuzining hammasi masjiddir, faqat qabriston bilan hammomdan boshqa», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ali, Abdulloh ibn Amr, Abu Hurayra, Jobir, Ibn Abbos, Huzayfa, Anas, Abu Umoma va Abu Zarrdan ham (rivoyatlar) bor. Ular: Nabiy ﷺ: «Yer menga masjid va poklovchi (vosita) qilindi», dedilar, deyishgan. Abu Iso aytdi: Abu Saidning hadisi Abdulaziz ibn Muhammaddan ikki xil yoʻsinda rivoyat qilingan: ulardan baʼzilari uni Abu Saiddan zikr qilgan, baʼzilari esa zikr qilmagan. Bu hadisda iztirob (chalkashlik) bor. Sufyon as-Savriy uni Amr ibn Yahyodan, u otasidan, u Nabiy ﷺdan mursal qilib rivoyat qildi. Hammod ibn Salama esa uni Amr ibn Yahyodan, u otasidan, u Abu Saiddan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qildi. Muhammad ibn Ishoq esa uni Amr ibn Yahyodan, u otasidan rivoyat qildi va u: Uning rivoyatlarining koʻpchiligi Abu Saiddan, u Nabiy ﷺdan boʻlardi, dedi. Lekin bu (rivoyat)da Abu Saiddan, u Nabiy ﷺdan deb zikr qilmadi. Goʻyo Savriyning Amr ibn Yahyodan, u otasidan, u Nabiy ﷺdan mursal qilib (qilgan) rivoyati eng mustahkam va eng sahihroqdir.