وَعَن السَّائِب بن خَلاد - وَهُوَ رَجُلٍ مِنْ أَصْحَابِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنْ رَجُلًا أَمَّ قَوْمًا فَبَصَقَ فِي الْقِبْلَةِ وَرَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَنْظُرُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ فَرَغَ: «لَا يُصَلِّي لَكُمْ» . فَأَرَادَ بَعْدَ ذَلِك أَن يُصَلِّي لَهُم فمنعوه وَأَخْبرُوهُ بِقَوْلِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرَ ذَلِكَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: نَعَمْ وَحَسِبْتُ أَنَّهُ قَالَ: «إِنَّكَ آذيت الله وَرَسُوله» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Nabiy ﷺning sahobalaridan boʻlmish Abu Sahla as-Soib ibn Xallod (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi qavmga imomlik qildi va qiblaga tupurdi, Rasululloh ﷺ esa (buni) koʻrib turardilar. Rasululloh ﷺ (u namozdan) boʻshagach: «U sizlarga (boshqa) namoz oʻqib bermasin», dedilar. Shundan keyin u (yana) ularga namoz oʻqib bermoqchi boʻldi, lekin ular uni man qildilar va unga Rasululloh ﷺning soʻzlarini xabar qildilar. U buni Rasululloh ﷺga aytib berdi, shunda u zot: «Ha», dedilar. (Roviy aytadi:) Oʻylashimcha, u zot: «Sen Alloh va Uning Rasulini ozorlading», dedilar.