وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلَامٌ فَنَظَرَ إِلَى أَعْلَامِهَا نَظْرَةً فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: «اذْهَبُوا بِخَمِيصَتِي هَذِهِ إِلَى أَبِي جَهْمٍ وَأَتُوْنِي بِأَنْبِجَانِيَّةِ أَبِي جهم فَإِنَّهَا ألهتني آنِفا عَن صَلَاتي» وَفِي رِوَايَةٍ لِلْبُخَارِيِّ قَالَ: " كُنْتُ أَنْظُرُ إِلَى علمهَا وَأَنا فِي الصَّلَاة فَأَخَاف أَن يفتنني
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ naqshli xamisa (toʻrtburchak kiyim)da namoz oʻqidilar. Namozda uning naqshlariga qaradilar. Namozni tugatgach: «Bu xamisamni Abu Jahmga olib boring va undan inbijoniya (naqshsiz junli kiyim)ni (olib) keling; chunki u (xamisa) meni namozdan chalgʻitdi», — dedilar. Oisha (yana) rivoyat qiladi: Paygʻambar ﷺ: «Men namozda uning (xamisaning) naqshlariga qarab turdim va u meni fitnaga solishidan (eʼtiborimni olishidan) qoʻrqdim», — dedilar.