وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: أُهْدِيَ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرُّوجَ حَرِيرٍ فَلَبِسَهُ ثُمَّ صَلَّى فِيهِ ثُمَّ انْصَرَفَ فَنَزَعَهُ نَزْعًا شَدِيدًا كَالْكَارِهِ لَهُ ثمَّ قَالَ: " لَا يَنْبَغِي هَذَا لِلْمُتقين
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺga ipakdan toʻn hadya qilindi. U zot uni kiyib, unda namoz oʻqidilar. Soʻng namozdan chiqqach, uni yoqtirmagan kishidek qattiq yechib tashladilar-da: «Bu taqvodorlarga munosib emas», dedilar.