وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ أَنَّهَا سَأَلَتْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَتُصَلِّي الْمَرْأَةُ فِي درع وخمار لَيْسَ عَلَيْهَا إِزَارٌ؟ قَالَ: «إِذَا كَانَ الدِّرْعُ سَابِغًا يُغَطِّي ظُهُورَ قَدَمَيْهَا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَذَكَرَ جمَاعَة وَقَفُوهُ على أم سَلمَة
Muhammad ibn Zayd shu hadisni rivoyat qildi va Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qildiki, u (Ummu Salama) Paygʻambar ﷺdan: «Ayol kishi belida izori boʻlmagan holda, koʻylak va x+imorda namoz oʻqiyveradimi?» deb soʻradi. U zot: «Agar koʻylak keng boʻlib, uning oyoqlari ustini (yuzasini) berkitsa (boʻladi)», dedilar. Abu Dovud aytdi: Bu hadisni Molik ibn Anas, Bakr ibn Muzar, Hafs ibn Gʻiyos, Ismoil ibn Jaʼfar, Ibn Abu Ziʼb va Ibn Ishoq Muhammad ibn Zayddan, u onasidan, u Ummu Salamadan rivoyat qilishgan. Ulardan hech biri Paygʻambar ﷺni zikr qilmagan; uni faqat Ummu Salama (roziyallohu anho)ga toʻxtatib (mavquf) qoldirishgan.