وَعَن وَائِل بن حجرأنه رأى النَّبِي صلى الله عَلَيْهِ وَسلم رفع يَدَيْهِ حِينَ دَخَلَ فِي الصَّلَاةِ كَبَّرَ ثُمَّ الْتَحَفَ بِثَوْبِهِ ثُمَّ وَضَعَ يَدَهُ الْيُمْنَى عَلَى الْيُسْرَى فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَرْكَعَ أَخْرَجَ يَدَيْهِ من الثَّوْب ثمَّ رفعهما ثمَّ كبر فَرَكَعَ فَلَمَّا قَالَ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ رَفَعَ يَدَيْهِ فَلَمَّا سَجَدَ سَجَدَ بَيْنَ كَفَّيْهِ. رَوَاهُ مُسلم
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Nabiy ﷺ ni koʻrgan: u zot namozga kirib takbir aytganlarida ikki qoʻllarini koʻtardilar — Hammom (buni) «ikki qulogʻi roʻparasiga» deb taʼrifladi — soʻng (u zot) kiyimlariga (ridolariga) oʻraldilar, soʻng oʻng qoʻllarini chap qoʻllari ustiga qoʻydilar. Ruku qilmoqchi boʻlganlarida ikki qoʻllarini kiyimdan chiqardilar, soʻng ularni koʻtardilar, soʻng takbir aytib ruku qildilar. «Samiallohu liman hamidah» deganlarida ikki qoʻllarini koʻtardilar. Sajda qilganlarida ikki kaftlari orasiga sajda qildilar.