وَعَنْ قَبِيصَةَ بْنِ هُلْبٍ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَؤُمُّنَا فَيَأْخُذُ شِمَالَهُ بِيَمِينِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَه
Qabisa ibn Hulb otasi (Hulb (roziyallohu anhu))dan rivoyat qiladi. U: «Rasululloh ﷺ bizga imomlik qilar, oʻng qoʻllari bilan chap qoʻllarini ushlar edilar», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Voil ibn Hujr, Gʻutayf ibn Horis, Ibn Abbos, Ibn Masʼud va Sahl ibn Saʼddan ham (rivoyatlar) bor. Abu Iso aytdi: Hulbning hadisi hasan hadisdir. Nabiy ﷺning ashoblari, tobeinlar va ulardan keyingilardan boʻlgan ilm ahlining bu (hadis) boʻyicha amali shudir — ular kishi namozda oʻng qoʻlini chap qoʻli ustiga qoʻyishini maʼqul koʻradilar. Baʼzilari ularni kindik ustiga qoʻyishni, baʼzilari esa kindik ostiga qoʻyishni maʼqul koʻrgan. Bularning hammasi ularning nazdida keng (joiz)dir. Hulbning ismi Yazid ibn Qunofa at-Toiydir.