وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: كُنَّا نَحْزُرُ قِيَامَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ فَحَزَرْنَا قِيَامَهُ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الْأُولَيَيْنِ مِنَ الظُّهْرِ قَدْرَ قِرَاءَةِ (الم تَنْزِيلُ) السَّجْدَةِ - وَفِي رِوَايَةٍ: فِي كُلِّ رَكْعَةٍ قَدْرَ ثَلَاثِينَ آيَةً - وَحَزَرْنَا قِيَامَهُ فِي الْأُخْرَيَيْنِ قَدْرَ النّصْف من ذَلِك وحزرنا قِيَامَهُ فِي الرَّكْعَتَيْنِ الْأُولَيَيْنِ مِنَ الْعَصْرِ عَلَى قَدْرِ قِيَامِهِ فِي الْأُخْرَيَيْنِ مِنَ الظُّهْرِ وَفِي الْأُخْرَيَيْنِ مِنَ الْعَصْرِ عَلَى النِّصْفِ مِنْ ذَلِكَ. رَوَاهُ مُسلم
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Rasululloh ﷺ ning peshin va asrdagi qiyomini (turishini) chamalar edik. Bas, biz u zotning peshinning dastlabki ikki rakaatidagi qiyomini ‹Alif Lam Mim, Tanzil›, yaʼni Sajda surasini oʻqish miqdoricha deb chamaladik; oxirgi ikkisidagi qiyomini esa shuning yarmicha deb chamaladik. Asrning dastlabki ikki rakaatidagi qiyomini peshinning oxirgi ikkisidagi qiyomi miqdoricha, asrning oxirgi ikkisidagisini esa shuning yarmicha deb chamaladik». Abu Bakr oʻz rivoyatida ‹Alif Lam Mim, Tanzil›ni zikr qilmadi va: «Oʻttizta oyat miqdoricha», dedi.