وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ السَّائِبِ قَالَ: صَلَّى لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الصُّبْحَ بِمَكَّةَ فَاسْتَفْتَحَ سُورَةَ (الْمُؤْمِنِينَ) حَتَّى جَاءَ ذِكْرُ مُوسَى وَهَارُونَ أَوْ ذِكْرُ عِيسَى أَخَذَتِ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَعْلَةٌ فَرَكَعَ. رَوَاهُ مُسلم
Abdulloh ibn as-Soib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ bizga Makkada subh namozini oʻqib berdilar va ‹Muʼminun› surasini boshladilar. Tokim Muso va Horun zikriga yoki Iso zikriga yetganlarida — Muhammad ibn Abbod shubha qiladi yoki (roviylar) unga (rivoyatni) ixtilof bilan yetkazganlar — Nabiy ﷺ ni yoʻtal tutdi-da, rukuga bordilar. Abdulloh ibn as-Soib bunda hozir edi». Abdurazzoqning hadisida esa: «(qiroatni) qisqartirib, rukuga bordilar» (deyilgan).