وَعَن عبيد الله بن أبي رَافع قَالَ: اسْتَخْلَفَ مَرْوَانُ أَبَا هُرَيْرَةَ عَلَى الْمَدِينَةِ وَخَرَجَ إِلَى مَكَّةَ فَصَلَّى لَنَا أَبُو هُرَيْرَةَ الْجُمُعَةَ فَقَرَأَ سُورَةَ (الْجُمُعَةِ) فِي السَّجْدَةِ الْأُولَى وَفِي الْآخِرَة: (إِذا جَاءَك المُنَافِقُونَ) فَقَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقْرَأ بهما يَوْم الْجُمُعَة. رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Marvon Abu Hurayrani Madinaga oʻrniga noib qilib qoldirdi va oʻzi Makkaga chiqib ketdi. Bizga Abu Hurayra juma namozini oʻqib berdi va oxirgi rakaatda Jumʼa surasidan keyin {Munofiqlar sening oldingga kelganlarida} (Munofiqun surasi) ni oʻqidi. Men Abu Hurayrani namozdan boʻshaganida uchratib qoldim va unga: «Siz ikki surani oʻqidingiz, ularni Ali ibn Abu Tolib Kufada oʻqir edi», dedim. Shunda Abu Hurayra: «Men Rasululloh ﷺ ni juma kuni bu ikki surani oʻqiyotganlarini eshitganman», dedi.