وَعَن أبي زُهَيْر النميري قَالَ: خَرَجْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتِ يَوْمٍ فَأَتَيْنَا عَلَى رَجُلٍ قَدْ أَلَحَّ فِي الْمَسْأَلَةِ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَوْجَبَ إِنْ خَتَمَ ". فَقَالَ: رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ: بِأَيِّ شَيْءٍ يَخْتِمُ؟ قَالَ: «بآمين» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Valid ibn Utba ad-Dimashqiy va Mahmud ibn Xolid bizga rivoyat qilib dedilar: Firyobiy bizga Subayh ibn Muhriz al-Himsiydan rivoyat qildi, Abu Misbah al-Maqroiy menga aytib berdi: Biz Abu Zuhayr an-Numayriy (roziyallohu anhu)ning oldida oʻtirar edik — u Sahobalardan edi — u eng goʻzal hadislarni soʻzlab berar edi. Bizdan biror kishi duo qilsa, u: «Uni omiyn bilan yakunla, chunki omiyn sahifaga bosilgan muhr kabidir», der edi. Abu Zuhayr dedi: Sizlarga bu haqda xabar beray. Bir kechasi Rasululloh ﷺ bilan birga chiqqan edik, soʻrashda qattiq ila qiluvchi bir kishining oldiga keldik. Nabiy ﷺ uni eshitish uchun toʻxtab turdilar. Soʻng Nabiy ﷺ: «(Jannatni) vojib qildi, agar yakunlasa», dedilar. Shunda qavmdan bir kishi: «Uni nima bilan yakunlaydi?» dedi. U zot: «Omiyn bilan. Chunki agar uni omiyn bilan yakunlasa, (jannatni oʻzi uchun) vojib qildi», dedilar. Soʻng Nabiy ﷺdan soʻragan kishi qaytib, oʻsha (duo qilayotgan) kishining oldiga keldi-da: «Ey falon, uni omiyn bilan yakunla va xushxabarni qabul qil», dedi. Bu Mahmudning lafzidir. Abu Dovud dedi: Maqro Himyardan boʻlgan bir qabiladir.