وَعَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقْرَأُ فِي صَلَاةِ الْمَغْرِبِ لَيْلَةَ الْجُمُعَةِ: (قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ) و (قل هُوَ الله أحد) رَوَاهُ فِي شرح السّنة وَرَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ عَنِ ابْنِ عُمَرَ إِلَّا أَنه لم يذكر «لَيْلَة الْجُمُعَة»
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ juma kechasi shom namozida {Qul yo ayyuhal kofirun} (Kofirun surasi) va {Qul huvallohu ahad} (Ixlos surasi)ni oʻqirdilar. Buni Bagʻaviy «Sharhus-sunna»da rivoyat qilgan. Ibn Moja esa uni Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilib, «juma kechasi»ni zikr qilmagan.