وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ انْصَرَفَ مِنْ صَلَاةٍ جَهَرَ فِيهَا بِالْقِرَاءَةِ فَقَالَ: «هَلْ قَرَأَ مَعِي أَحَدٌ مِنْكُمْ آنِفًا؟» فَقَالَ رَجُلٌ: نَعَمْ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: " إِنِّي أَقُولُ: مَا لِي أُنَازَعُ الْقُرْآنَ؟ «. قَالَ فَانْتَهَى النَّاسُ عَنِ الْقِرَاءَةِ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيمَا جَهَرَ فِيهِ بِالْقِرَاءَةِ مِنَ الصَّلَوَاتِ حِينَ سَمِعُوا ذَلِكَ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ» . رَوَاهُ مَالِكٌ وَأَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَرَوَى ابْنُ مَاجَهْ نَحْوَهُ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ qiroatni ovoz chiqarib oʻqilgan bir namozdan chiqib (qaytib): «Hozirgina sizlardan biror kishi men bilan birga (Qurʼon) oʻqidimi?» deb soʻradilar. Bir kishi: «Ha, ey Rasululloh», dedi. U zot: «Men: ‹Nima boʻldiki, Qurʼon (oʻqishda) menga qarshilik qilinmoqda?› deb qoʻyibman», dedilar. (Roviy) dedi: Odamlar buni Rasululloh ﷺdan eshitganlaridan soʻng, Paygʻambar ﷺ ovoz chiqarib oʻqiydigan namozlarda Rasululloh ﷺ bilan birga (Qurʼon) oʻqishni toʻxtatdilar. Abu Dovud aytdi: Ibn Ukaymaning bu hadisini Maʼmar, Yunus va Usoma ibn Zayd az-Zuhriydan Molik (rivoyat qilgani) maʼnosida rivoyat qilganlar.