وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " من قَرَأَ مِنْكُم ب (التِّين وَالزَّيْتُون) فَانْتهى إِلَى (أَلَيْسَ الله بِأَحْكَم الْحَاكِمين) فَلْيَقُلْ: بَلَى وَأَنَا عَلَى ذَلِكَ مِنَ الشَّاهِدِينَ. وَمن قَرَأَ: (لَا أقسم بِيَوْم الْقِيَامَة) فَانْتَهَى إِلَى (أَلَيْسَ ذَلِكَ بِقَادِرٍ عَلَى أَن يحيي الْمَوْتَى) فَلْيَقُلْ بَلَى. وَمَنْ قَرَأَ (وَالْمُرْسَلَاتِ) فَبَلَغَ: (فَبِأَيِّ حَدِيث بعده يُؤمنُونَ) فَلْيَقُلْ: آمَنَّا بِاللَّهِ ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ إِلَى قَوْلِهِ: (وَأَنَا عَلَى ذَلِكَ مِنَ الشَّاهِدِينَ)
Abdulloh ibn Muhammad az-Zuhriy bizga Sufyondan, unga Ismoil ibn Umayya hadis aytdi. (Ismoil dedi:) Men bir aʼrobiyning shunday deganini eshitdim: Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Sizlardan kim {Vat-tini vaz-zaytun (Anjir va zaytun bilan qasam)}ni oʻqib, uning oxiri {Alloh hukm qiluvchilarning eng hakimi emasmi?!}ga yetsa, ‹Balo (albatta), men buning shohidlaridanman› desin. Kim {Lo uqsimu bi-yavmil qiyama (Qiyomat kuni bilan qasam ichaman)}ni oʻqib, {(Alloh) oʻliklarni tiriltirishga qodir emasmi?!}ga yetsa, ‹Balo (albatta)› desin. Kim {Val-mursalot}ni oʻqib, {Endi undan keyin qaysi soʻzga iymon keltirarlar?!}ga yetsa, ‹Allohga iymon keltirdik› desin». Ismoil dedi: Men u aʼrobiyga (hadisni) takror qildirmoqchi va (xotirasini) kuzatmoqchi boʻlib bordim, shunda u: «Ey jiyanim, men buni yodlamadim deb oʻylaysanmi? Men oltmish marta haj qildim, ularning hech bir hajida men minib haj qilgan tuyamni tanimaganim yoʻq», dedi.