عَن معَاذ بن عبد الله الْجُهَنِيّ قَالَ: إِنَّ رَجُلًا مِنْ جُهَيْنَةَ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: قَرَأَ فِي الصُّبْح (إِذا زلزلت) فِي الرَّكْعَتَيْنِ كلتهما فَلَا أَدْرِي أَنَسِيَ أَمْ قَرَأَ ذَلِكَ عَمْدًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Juhaynalik bir kishi (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Rasululloh ﷺning bomdod namozining har ikkala rakatida ham {Izo zulzilat} (Zalzala surasi)ni oʻqiganlarini eshitdi. «Bilmadim, u zot buni unutib oʻqidilarmi yoki qasddan oʻqidilarmi», (dedi). Abu Dovud rivoyat qilgan.