وَعَنْ رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ قَالَ: كُنَّا نُصَلِّي وَرَاءَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرَّكْعَةِ قَالَ: «سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ» . فَقَالَ رَجُلٌ وَرَاءَهُ: رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ حَمْدًا كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: «مَنِ الْمُتَكَلِّمُ آنِفًا؟» قَالَ: أَنَا. قَالَ: «رَأَيْتُ بِضْعَةً وَثَلَاثِينَ مَلَكًا يَبْتَدِرُونَهَا أَيُّهُمْ يَكْتُبهَا أول» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
Rifoʼa ibn Rofiʼ az-Zuraqiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni biz Paygʻambar ﷺ orqasida namoz oʻqiyapmiz edik. U zot rukuʼdan boshlarini koʻtarganda: «Samiʼalloohu liman hamidah», — dedilar. Orqalaridagi bir kishi: «Robbana va lakal-hamd, hamdan kasiran toyyiban muborakan fih (Ey Robbimiz, Senga koʻp, pokiza va barakali hamd boʻlsin)», — dedi. Paygʻambar ﷺ namozni tugatgach: «Bu soʻzlarni kim aytdi?» — deb soʻradilar. U kishi: «Men», — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Men oʻttizdan ortiq farishta uni birinchi boʻlib yozishga musobaqalashayotganini koʻrdim», — dedilar.