وَعَنِ ابْنً جُبَيْرٍ قَالَ: سَمِعْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ يَقُولُ: مَا صَلَّيْتُ وَرَاءَ أَحَدٍ بَعْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَشْبَهَ صَلَاةً بِصَلَاةِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ هَذَا الْفَتَى يَعْنِي عُمَرَ بْنَ عَبْدِ الْعَزِيزِ قَالَ: قَالَ: فَحَزَرْنَا رُكُوعَهُ عَشْرَ تَسْبِيحَاتٍ وَسُجُودَهُ عَشْرَ تَسْبِيحَاتٍ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيّ
Ahmad ibn Solih va Ibn Rofiʼ bizga aytishdi: Abdulloh ibn Ibrohim ibn Umar ibn Kayson bizga aytdi, menga otam Vahb ibn Manusdan hadis aytdi. (Vahb) dedi: Said ibn Jubayrning shunday deganini eshitdim: Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: «Rasululloh ﷺ dan keyin men hech kimning ortida bu yigit — yaʼni Umar ibn Abdulaziz — kabi Rasululloh ﷺ ning namozlariga oʻxshash namoz oʻqimadim». (Said) dedi: Biz uning rukuʼida oʻn tasbeh, sajdasida oʻn tasbeh chamaladik. Abu Dovud dedi: Ahmad ibn Solih aytdi: Men unga: «Manus mi yoki Mabus mi?» dedim. U: «Abdurrazzoq Mabus der edi, ammo mening yodimda Manus», dedi. Bu Ibn Rofiʼning lafzidir. Ahmad: «Said ibn Jubayrdan, u Anas ibn Molikdan», dedi.