وَعَنْ مَعْدَانَ بْنِ طَلْحَةَ قَالَ: لَقِيتُ ثَوْبَانَ مَوْلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقلت: أَخْبِرْنِي بِعَمَلٍ أَعْمَلُهُ يُدْخِلُنِي اللَّهُ بِهِ الْجَنَّةَ فَسَكَتَ ثُمَّ سَأَلْتُهُ فَسَكَتَ ثُمَّ سَأَلْتُهُ الثَّالِثَةَ فَقَالَ: سَأَلْتُ عَنْ ذَلِكَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «عَلَيْكَ بِكَثْرَةِ السُّجُودِ لِلَّهِ فَإِنَّكَ لَا تَسْجُدُ لِلَّهِ سَجْدَةً إِلَّا رَفَعَكَ اللَّهُ بِهَا دَرَجَةً وَحَطَّ عَنْكَ بِهَا خَطِيئَةً» . قَالَ مَعْدَانُ: ثُمَّ لَقِيتُ أَبَا الدَّرْدَاءِ فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ لِي مِثْلَ مَا قَالَ لِي ثَوْبَانُ. رَوَاهُ مُسلم
Savbon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Maʼdon ibn Abu Talha aytadi: Rasululloh ﷺ ning ozod qilgan quli Savbon bilan uchrashdim va: «Menga shunday bir amalni aytginki, uni qilsam, Alloh meni u sababli jannatga kiritsa», dedim, yoki: «Allohga eng suyukli amallarni (ayt)», dedim. (Savbon) jim qoldi. Soʻng undan (yana) soʻradim, jim qoldi. Soʻng uchinchi marta soʻradim. Shunda (u): «Buni Rasululloh ﷺ dan soʻragandim, (u zot): ‹Allohga koʻp sajda qilishni oʻzingga lozim tut. Zero, sen Allohga bir sajda qilsang, albatta, Alloh shu bilan seni bir daraja koʻtaradi va shu bilan sendan bir xatoni oʻchiradi›, dedilar», dedi. Maʼdon dedi: Soʻng Abud-Dardo bilan uchrashdim va undan soʻradim. U menga Savbon aytgan narsaning oʻxshashini aytdi.