وَعَن وَائِلِ بْنِ حَجَرٍ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ثُمَّ جَلَسَ فَافْتَرَشَ رِجْلَهُ الْيُسْرَى وَوَضَعَ يَدَهُ الْيُسْرَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُسْرَى وَحَدَّ مِرْفَقَهُ الْيُمْنَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُمْنَى وَقَبَضَ ثِنْتَيْنِ وَحَلَّقَ حَلْقَةً ثُمَّ رَفَعَ أُصْبُعَهُ فَرَأَيْتُهُ يُحَرِّكُهَا يَدْعُو بهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد والدارمي
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu) aytadilar: Men: «Albatta, Rasululloh ﷺning namozlariga, u zot qanday namoz oʻqishlariga qarayman», dedim. Bas, Rasululloh ﷺ turib qiblaga yuzlandilar, soʻng takbir aytdilar va qoʻllarini quloqlari roʻparasiga kelguncha koʻtardilar, soʻng oʻng qoʻllari bilan chap qoʻllarini ushladilar. Rukuʼ qilmoqchi boʻlganlarida ularni (qoʻllarini) shunga oʻxshash koʻtardilar. (Roviy) aytdi: Soʻng oʻtirdilar, chap oyoqlarini yozib (uning ustiga oʻtirdilar) va chap qoʻllarini chap sonlari ustiga qoʻydilar, oʻng tirsaklarini oʻng sonlari ustiga tiradilar, ikki barmoqlarini yumdilar va (boshqa barmoqlari bilan) halqa hosil qildilar. Men u zotning «mana shunday» deb (ishora qilayotganlarini) koʻrdim. Bishr (rovi) bosh barmoq bilan oʻrta barmoqni halqa qilib, koʻrsatkich barmoq bilan ishora qildi.