وَرَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ عَنْ عَمَّارِ بْنِ يَاسِرٍ
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻng tomoniga: «Assalomu alaykum va rohmatulloh», deb salom berardilar, hatto oʻng yonoqlarining oqligi koʻrinardi; chap tomoniga ham: «Assalomu alaykum va rohmatulloh», deb salom berardilar, hatto chap yonoqlarining oqligi koʻrinardi. Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilgan, lekin Termiziy ‹yonogʻining oqligi koʻrinardi› deganini zikr qilmagan. Ibn Moja buni Ammor ibn Yosirdan rivoyat qilgan.