وَعَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كَانَ يَقُولُ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ مَكْتُوبَةٍ: «لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ اللَّهُمَّ لَا مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ وَلَا مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ وَلَا يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْك الْجد»
Varrod (Mugʻira ibn Shuʼbadan — u Mugʻira ibn Shuʼbaning kotibi edi) rivoyat qiladi: Bir kuni Mugʻira menga Muoviyaga (yoziladigan) maktubda yozdirdiki, Paygʻambar ﷺ har farz namozdan keyin: «Laa ilaaha illalloohu vahdahu laa shariika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva alaa kulli shayʼin qodiir. Allohumma laa moniʼa limaa aʼtoyt, va laa muʼtiya limaa manaʼt, va laa yanfaʼu zal-jaddi minkal-jadd (Allohdan boshqa haq maʼbud yoʻq; U yagonadir, Uning sherigi yoʻq; mulk Unga xos va hamd Unga xos; U har narsaga qodirdir. Allohim, Sen bergan narsani toʻsuvchi yoʻq; Sen toʻsgan narsani beruvchi yoʻq; (mol-davlat) egasining davlati Sening (olding)da unga naf bermaydi)», — der edilar. Hasan: «‹al-Jadd› — boylik (degani)dir», — dedi.