وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ سَبَّحَ اللَّهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَحَمَدَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ وَكَبَّرَ اللَّهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ فَتِلْكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ ". رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim har bir namoz ortidan Allohga oʻttiz uch marta tasbeh aytsa, Allohga oʻttiz uch marta tahmid aytsa, Allohga oʻttiz uch marta takbir aytsa — bu toʻqson toʻqqizta boʻladi — va yuztani toʻldirib: ‹La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alaa kulli shayʼin qodir› (Yolgʻiz Allohdan boshqa iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Uniki va hamd Unga xosdir, U har bir narsaga qodir) desa — gunohlari dengiz koʻpigicha boʻlsa-da, kechiriladi», dedilar.