وَعَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «مَنْ نَابَهُ شَيْءٌ فِي صَلَاتِهِ فَلْيُسَبِّحْ فَإِنَّمَا التَّصْفِيقُ لِلنِّسَاءِ» وَفِي رِوَايَةٍ: قَالَ: «التَّسْبِيحُ لِلرِّجَالِ والتصفيق للنِّسَاء»
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kimga namozida bir narsa yuz bersa, ‹Subhanalloh› desin. Chunki chapak chalish faqat ayollar uchundir», dedilar. Boshqa rivoyatda: «Tasbeh aytish erkaklar uchun, chapak chalish ayollar uchundir», dedilar. Muttafaqun alayh.