وَعَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ قَالَ: أَمَرَنَا النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِسَبْعٍ وَنَهَانَا عَنْ سَبْعٍ أَمَرَنَا: بِعِيَادَةِ الْمَرِيضِ وَاتِّبَاعِ الْجَنَائِزِ وَتَشْمِيتِ الْعَاطِسِ وَرَدِّ السَّلَامِ وَإِجَابَةِ الدَّاعِي وَإِبْرَارِ الْمُقْسِمِ وَنَصْرِ الْمَظْلُومِ وَنَهَانَا عَنْ خَاتَمِ الذَّهَبِ وَعَنِ الْحَرِيرِ والْإِسْتَبْرَقِ وَالدِّيبَاجِ وَالْمِيثَرَةِ الْحَمْرَاءِ وَالْقَسِّيِّ وَآنِيَةِ الْفِضَّةِ وَفِي رِوَايَةٍ وَعَنِ الشُّرْبِ فِي الْفِضَّةِ فَإِنَّهُ مَنْ شَرِبَ فِيهَا فِي الدُّنْيَا لم يشرب فِيهَا فِي الْآخِرَة
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bizni yetti narsaga buyurdilar va yetti narsadan qaytardilar. Bizni: bemorni yoʻqlashga, janozaga ergashishga, aksa urganga (yarhamukalloh deb) duo qilishga, salomga alik olishga, taklif qilganning taklifini qabul qilishga, qasam ichganning qasamini bajo keltirishga va mazlumga yordam berishga buyurdilar. Bizni esa oltin uzukdan, ipakdan, qalin ipak (istabraq)dan, dibojdan, qizil egar toʻshagidan, qassiy matosidan va kumush idishlardan qaytardilar. Bir rivoyatda: kumush idishda ichishdan (qaytardilar). Zero, kim dunyoda undan ichsa, oxiratda undan icha olmaydi. Muttafaqun alayh.