وَعَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَثَلُ الْمُؤْمِنِ كَمَثَلِ الْخَامَةِ مِنَ الزَّرْعِ تُفَيِّئُهَا الرِّيَاح تصرعها مرّة وتعدلها أُخْرَى حَتَّى يَأْتِيهِ أَجَلُهُ وَمَثَلُ الْمُنَافِقِ كَمَثَلِ الْأَرْزَةِ الْمُجْذِيَةِ الَّتِي لَا يُصِيبُهَا شَيْءٌ حَتَّى يَكُونَ انْجِعَافُهَا مَرَّةً وَاحِدَة»
Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Moʻminning misoli ekinning yumshoq niholiga oʻxshaydi: shamollar uni egib qoʻyadi, goh yiqitadi, goh tiklab qoʻyadi, toki uning ajali yetib kelguniga qadar. Munofiqning misoli esa oʻz tomiri ustida tik turgan qarogʻayning misoliga oʻxshaydi: unga hech narsa taʼsir qilmaydi, toki bir martada (toʻliq) ildizi bilan qoʻporib tashlanguniga qadar».