وَعَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الطَّاعُونُ رِجْزٌ أُرْسِلَ عَلَى طَائِفَةٍ مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ أَوْ عَلَى مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ فَإِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ: «Vabo (toʻun) — bir guruh isroilliklarga (yoki sizlardan oldingi baʼzi odamlarga) yuborilgan bir azob vositasi edi. Bas, agar uning (biror) yerda tarqalganini eshitsangiz, oʻsha (yer)ga yaqinlashmanglar; va agar siz boʻlgan yerda vabo paydo boʻlsa, undan (yaʼni vabodan) qochish uchun oʻsha yerni tark etmanglar», — dedi.