وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كَانَ يعلمهُمْ من الْحمى وم الأوجاع كلهَا أَن يَقُولُوا: «بِسم الله الْكَبِيرِ أَعُوذُ بِاللَّهِ الْعَظِيمِ مِنْ شَرِّ كُلِّ عرق نعار وَمن شَرّ حر النَّارِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لَا يُعْرَفُ إِلَّا مِنْ حَدِيثِ إِبْرَاهِيمَ بْنِ إِسْمَاعِيلَ وَهُوَ يضعف فِي الحَدِيث
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Paygʻambar ﷺ ularga isitma va barcha ogʻriqlardan (shifo uchun) bunday deyishni oʻrgatardilar: «Bismillahil kabir, aʼuzu billahil aziymi min sharri kulli irqin naʼʼor, va min sharri harrin nor (Ulugʻ Alloh nomi bilan. Buyuk Allohdan har bir otilib (qon) chiqaruvchi tomirning yomonligidan va olovning issigʻining yomonligidan panoh soʻrayman)». Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat Ibrohim ibn Ismoil ibn Abu Habibaning hadisi orqaligina bilamiz. Ibrohim esa hadisda zaif (sanaladi). «Irqin yaʼʼor» (shaklida) ham rivoyat qilinadi.