وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّ عِظَمَ الْجَزَاءِ مَعَ عِظَمِ الْبَلَاءِ وَإِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ إِذَا أَحَبَّ قَوْمًا ابْتَلَاهُمْ فَمَنْ رَضِيَ فَلَهُ الرِّضَا وَمَنْ سَخِطَ فَلَهُ السَّخَطُ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَه
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa, uning jazosini dunyoda tezlatadi; bandasiga yomonlikni iroda qilsa, gunohi sababli (jazosini) ushlab turadi, toki qiyomat kunida unga toʻliq beriladi», dedilar. Shu isnod bilan Nabiy ﷺdan (rivoyat qilinadiki): «Albatta, ajrning kattaligi baloning kattaligiga qarabdir. Alloh bir qavmni sevsa, ularni sinaydi; kim rozi boʻlsa, unga rizolik bordir, kim gʻazablansa, unga gʻazab bordir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir.