وَعَن عبد الله بن عَمْرو قَالَ ك تُوُفِّيَ رَجُلٌ بِالْمَدِينَةِ مِمَّنْ وُلِدَ بِهَا فَصَلَّى عَلَيْهِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «يَا لَيْتَهُ مَاتَ بِغَيْرِ مَوْلِدِهِ» . قَالُوا وَلِمَ ذَاكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ قَالَ: «إِنَّ الرَّجُلَ إِذَا مَاتَ بِغَيْرِ مَوْلِدِهِ قِيسَ لَهُ مِنْ مَوْلِدِهِ إِلَى مُنْقَطَعِ أَثَرِهِ فِي الْجَنَّةِ» . رَوَاهُ النَّسَائِيّ وَابْن مَاجَه
Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Madinada tugʻilgan bir kishi oʻsha yerda vafot etdi. Rasululloh ﷺ unga janoza oʻqidilar, soʻng: «Qaniydi u tugʻilgan yeridan boshqa joyda vafot etsaydi», dedilar. Ular: «Nima uchun, ey Rasululloh?» deyishdi. U zot: «Chunki kishi tugʻilgan yeridan boshqa joyda vafot etsa, unga tugʻilgan yeridan izi uzilgan joygacha boʻlgan masofa jannatda oʻlchab beriladi», dedilar.