وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ: إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كُفِّنَ فِي ثَلَاثَةِ أَثْوَابٍ يَمَانِيَّةٍ بِيضٍ سَحُولِيَّةٍ مِنْ كُرْسُفٍ لَيْسَ فِيهَا قَمِيصٌ وَلَا عِمَامَة
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ uchta yamanlik oq «Suhuliya» (paxtadan toʻqilgan mato boʻlaklari)ga kafanlandilar; ularda na koʻylak, na salla bor edi.