عَنْ سَعْدِ بْنِ إِبْرَاهِيمَ عَنْ أَبِيهِ أَنَّ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ عَوْفٍ أُتِيَ بِطَعَامٍ وَكَانَ صَائِمًا فَقَالَ: قُتِلَ مُصْعَبُ بْنُ عُمَيْرٍ وَهُوَ خَيْرٌ مِنِّي كُفِّنَ فِي بُرْدَةٍ إِنْ غُطِّيَ رَأْسُهُ بَدَتْ رِجْلَاهُ وَإِنْ غُطِّيَ رِجْلَاهُ بَدَا رَأْسُهُ وَأَرَاهُ قَالَ: وَقُتِلَ حَمْزَةُ وَهُوَ خَيْرٌ مِنِّي ثُمَّ بُسِطَ لَنَا مِنَ الدُّنْيَا مَا بُسِطَ أَوْ قَالَ: أُعْطِينَا مِنَ الدُّنْيَا مَا أُعْطِينَا وَلَقَدْ خَشِينَا أَنْ تَكُونَ حَسَنَاتُنَا عُجِّلَتْ لَنَا ثُمَّ جَعَلَ يَبْكِي حَتَّى تَرَكَ الطَّعَامَ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Abdurrahmon ibn Avfga taom keltirildi — u roʻzador edi. U: «Musʼab ibn Umayr — u mendan yaxshiroq edi — (Uhudda) oʻldirildi, bir burda (chopon)ga kafanlandi; boshi yopilsa, oyoqlari chiqib qolar, oyoqlari yopilsa, boshi chiqib qolardi. Hamza ham — u mendan yaxshiroq edi — oʻldirildi. Soʻng bizga dunyodan (shuncha narsa) yoyildiki, yoyildi — yoki: bizga dunyodan (shuncha) berildiki, berildi. Biz yaxshiliklarimiz (savoblarimiz) bizga (shu dunyoda) tezlashtirib berilmaganmikan, deb qoʻrqdik», dedi. Soʻng u taomni (yeyishni) tark etib, yigʻlay boshladi.