وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَسْرِعُوا بِالْجَنَازَةِ فَإِنْ تَكُ صَالِحَةً فَخَيْرٌ تُقَدِّمُونَهَا إِلَيْهِ وَإِنْ تَكُ سِوَى ذَلِكَ فشر تضعونه عَن رقابك»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan, u buni Nabiy ﷺ ga yetkazib rivoyat qiladi: «Janozani (koʻtarishda) tezlanglar, chunki agar u solih (banda) boʻlsa, demak siz uni yaxshilikka yetkazib qoʻyayotgan boʻlasiz. Agar undan boshqacha boʻlsa, demak siz bir yomonlikni yelkangizdan tushirib qoʻyayotgan boʻlasiz», dedilar.