وَعَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى قَالَ: كَانَ زَيْدُ بْنُ أَرْقَمَ يُكَبِّرُ عَلَى جَنَائِزِنَا أَرْبَعًا وَأَنَّهُ كَبَّرَ عَلَى جَنَازَةٍ خَمْسًا فَسَأَلْنَاهُ فَقَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يكبرها. رَوَاهُ مُسلم
Abdurrahmon ibn Abu Laylo (rahimahulloh) aytadi: Zayd ibn Arqam (roziyallohu anhu) bizning janozalarimiz ustida toʻrt marta takbir aytar edi. Bir janoza ustida esa besh marta takbir aytdi. Biz undan bu haqda soʻradik. Shunda u: «Rasululloh ﷺ shunday takbir aytar edilar», dedi. Abu Iso aytdi: Zayd ibn Arqamning hadisi hasan sahihdir. Nabiy ﷺ ashoblari va boshqalardan boʻlgan baʼzi ahli ilm shunga borib, janoza ustida besh marta takbir aytiladi, deb biladilar. Ahmad va Ishoq: «Imom janoza ustida besh marta takbir aytsa, imomga ergashiladi», dedilar.