وَعَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدُبٍ قَالَ: صَلَّيْتُ وَرَاءَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى امْرَأَةٍ مَاتَتْ فِي نِفَاسِهَا فَقَامَ وَسَطَهَا
Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Rasululloh ﷺ zamonida bir bola edim, undan (eshitganlarimni) yodlab olar edim. (Eshitganlarimni) aytishdan meni faqat shu yerda mendan yoshi kattaroq kishilar borligigina toʻsib turardi. Men Rasululloh ﷺ ortida nifos holatida vafot etgan bir ayolga (janoza namozini) oʻqidim. Rasululloh ﷺ unga (namoz oʻqish uchun) uning oʻrtasiga turdilar». Ibnul-Musannoning rivoyatida: «Unga namoz uchun uning oʻrtasiga turdilar», deyilgan.