وَعَنْ جَابِرٌ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الطِّفْلُ لَا يُصَلَّى عَلَيْهِ وَلَا يَرِثُ وَلَا يُوَرَّثُ حَتَّى يَسْتَهِلَّ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ إِلَّا أَنَّهُ لَمْ يَذْكُرْ: «وَلَا يُورث»
Jobir (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Goʻdak (bola) tovush chiqarguniga (yaʼni tirik tugʻilgani maʼlum boʻlgunicha) uning ustida namoz oʻqilmaydi, u (boshqaga) meros boʻlmaydi va (unga ham) meros boʻlinmaydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu shunday hadiski, odamlar bu haqda ixtilof qilganlar. Baʼzilari uni Abu Zubayrdan, u Jobirdan, u Nabiy ﷺdan marfuʼ qilib rivoyat qilganlar. Ashʼas ibn Savvor va bir nechalari esa uni Abu Zubayrdan, u Jobirdan mavquf qilib rivoyat qilganlar. Muhammad ibn Ishoq ham uni Ato ibn Abu Rabohdan, u Jobirdan mavquf qilib rivoyat qilgan. Goʻyo bu marfuʼ hadisdan sahihroqdir. Baʼzi ahli ilm shunga borib: «Goʻdak tovush chiqargunicha (tirik tugʻilgani maʼlum boʻlgunicha) uning ustida namoz oʻqilmaydi», dedilar. Bu Sufyon as-Savriy va Shofiʼiyning soʻzidir.