وَعَنْ هِشَامِ بْنِ عَامِرٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ يَوْمَ أُحُدٍ: «احْفُرُوا وَأَوْسِعُوا وَأَعْمِقُوا وَأَحْسِنُوا وَادْفِنُوا الِاثْنَيْنِ وَالثَّلَاثَةَ فِي قبر وَاحِد وَقدمُوا أَكْثَرهم قُرْآنًا» . رَوَاهُ أمد وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَرَوَى ابْنُ مَاجَهْ إِلَى قَوْله وأحسنوا
Hishom ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, u dedi: Uhud kuni Rasululloh ﷺga yaralar (koʻpligidan) shikoyat qilindi. Shunda u zot: «Qabr qazinglar, keng va chiroyli qilinglar, bir qabrga ikki-uchtadan (shahidni) dafn qilinglar va ular ichida Qurʼonni koʻproq bilganini oldinga oʻtkazinglar», dedilar. Otam vafot etgan edi, u ikki kishining oldiga (qoʻyib) oʻtkazildi. Abu Iso aytdi: Bu bobda Xabbob, Jobir va Anasdan (ham hadislar bor). Bu hadis hasan sahihdir. Sufyon as-Savriy va boshqalar bu hadisni Ayyubdan, u Humayd ibn Hiloldan, u Hishom ibn Omirdan rivoyat qilishgan. Abu Dahmoning ismi Qirfa ibn Buhays yoki Bayhasdir.