وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا أَدْخَلَ الْمَيِّتَ الْقَبْرَ قَالَ: «بِسم الله وَبِاللَّهِ وعَلى ملكة رَسُولِ اللَّهِ» . وَفِي رِوَايَةٍ: " وَعَلَى سُنَّةِ رَسُولِ اللَّهِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَرَوَى أَبُو دَاوُد الثَّانِيَة
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ mayyit qabrga kiritilganda — Abu Xolid bir marta: mayyit oʻzining lahadiga qoʻyilganda, dedi — bir marta: «Bismillahi va billahi va alo millati Rasulillah (Allohning nomi bilan, Alloh bilan va Allohning Rasuli dini uzra)», dedilar. Bir marta esa: «Bismillahi va billahi va alo sunnati Rasulillah ﷺ (Allohning nomi bilan, Alloh bilan va Allohning Rasuli sunnati uzra)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan, bu yoʻldan gʻaribdir. Bu hadis Ibn Umardan, u Nabiy ﷺdan boshqa yoʻl bilan ham rivoyat qilingan. Buni Abus-Siddiq an-Nojiy ham Ibn Umardan, u Nabiy ﷺdan rivoyat qilgan. Yana Abus-Siddiq an-Nojiydan, u Ibn Umardan mavquf holida ham rivoyat qilingan.