عَنْ أَنَسٍ قَالَ: شَهِدْنَا بِنْتَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تُدْفَنُ وَرَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَالِسٌ عَلَى الْقَبْرِ فَرَأَيْتُ عَيْنَيْهِ تَدْمَعَانِ فَقَالَ: " هَلْ فِيكُمْ مَنْ أَحَدٍ لَمْ يُقَارِفِ اللَّيْلَةَ؟ . فَقَالَ أَبُو طَلْحَةَ: أَنَا. قَالَ: فَانْزِلْ فِي قَبْرِهَا فَنَزَلَ فِي قبرها ". رَوَاهُ البُخَارِيّ
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ ning qizining janozasida edik va Rasululloh ﷺ qabr yonida oʻtirgan edilar. Men u zotning koʻzlari yoshga toʻlganini koʻrdim. U zot: «Sizlar ichida kechasi zavjasi bilan (yaqinlik) qilmagan (kishi) bormi?» — dedilar. Abu Talha ‹ha› (deb javob berdi). Bas, Allohning Paygʻambari ﷺ unga qabrga tushishni aytdilar va u uning (qizning) qabriga tushib, uni dafn qildi.