وَعَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ قَالَ: لَمَّا تُوُفِّيَ عبد الرَّحْمَن بن أبي بكر بالحبشي (مَوضِع قريب من مَكَّة) وَهُوَ مَوْضِعٌ فَحُمِلَ إِلَى مَكَّةَ فَدُفِنَ بِهَا فَلَمَّا قَدِمَتْ عَائِشَةُ أَتَتْ قَبْرَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ فَقَالَتْ: وَكُنَّا كَنَدْمَانَيْ جَذِيمَةَ حِقْبَةً مِنَ الدَّهْرِ حَتَّى قِيلَ لَنْ يَتَصَدَّعَا فَلَمَّا تَفَرَّقْنَا كَأَنِّي وَمَالِكًا لِطُولِ اجْتِمَاعٍ لَمْ نَبِتْ لَيْلَةً مَعَا ثُمَّ قَالَتْ: وَاللَّهِ لَوْ حَضَرْتُكَ مَا دُفِنْتَ إِلَّا حَيْثُ مُتَّ وَلَوْ شهدتك مَا زرتك رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abdulloh ibn Abu Mulayka (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Abdurrahmon ibn Abu Bakr Hubshiy (degan joy)da vafot etdi. U Makkaga koʻtarib keltirildi va shu yerda dafn qilindi. Oisha (roziyalloho anho) kelgach, Abdurrahmon ibn Abu Bakrning qabri yoniga bordi va (shu maʼnodagi sheʼrni) aytdi: «Biz dahrning bir uzun muddati davomida Jazimaning ikki nadimi (ichkilik hamrohi) kabi edik, hatto: ‹Ular hech ajralmaydilar›, deyildi. Biz ajralganimizda esa, uzoq vaqt birga boʻlganimiz sababli, men bilan Molik goʻyo bir kechani ham birga oʻtkazmaganga oʻxshaymiz». Soʻng u (Oisha): «Vallohi, agar (oʻliming chogʻida) yoningda hozir boʻlganimda edi, sen oʻlgan joydan boshqa joyga dafn etilmas eding. Agar dafningda hozir boʻlganimda edi, (hozir) seni ziyorat qilmas edim», dedi.