وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " يَقُولُ اللَّهُ: مَا لِعَبْدِي الْمُؤْمِنِ عِنْدِي جَزَاءٌ إِذَا قَبَضْتُ صَفِيَّهُ مِنْ أَهْلِ الدُّنْيَا ثُمَّ احتسبه إِلَّا الْجنَّة ". رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ: «Alloh taolo (shunday) deydi: ‹Men dunyo ahlidan boʻlgan suyuklisini (yaqinini) olganimda (vafot ettirganimda), u esa (savobini) Mendan kutib sabr qilsa, bunday momin bandam uchun Mening huzurimda jannatdan boshqa mukofot yoʻq›», dedilar.