وَعَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَا مِنْ مُؤْمِنٍ إِلَّا وَله بَابَانِ: بَاب يصعد مِنْهُ علمه وَبَابٌ يَنْزِلُ مِنْهُ رِزْقُهُ. فَإِذَا مَاتَ بَكَيَا عَلَيْهِ فَذَلِكَ قَوْلُهُ تَعَالَى: (فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَاء وَالْأَرْض) رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Har bir muʼmin uchun ikkita eshik bordir: bir eshikdan uning amali (yuqoriga) koʻtariladi, bir eshikdan uning rizqi (pastga) tushadi. Bas, u vafot etganda, ikkalasi unga (achinib) yigʻlaydi. Mana shu, Alloh azza va jallaning: {Bas, ularga osmon ham, yer ham yigʻlamadi va ularga muhlat ham berilmadi} (Duxon 29) degan soʻzidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni marfuʼ (Nabiyga koʻtarilgan) holatda faqat shu yoʻldan bilamiz. Muso ibn Ubayda va Yazid ibn Abon ar-Raqoshiy hadisda zaif sanaladilar.