وَعَن أبي مُوسَى اشعري قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِذَا مَاتَ وَلَدُ الْعَبْدِ قَالَ اللَّهُ تَعَالَى لِمَلَائِكَتِهِ: قَبَضْتُمْ وَلَدَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ. فَيَقُولُ: قَبَضْتُمْ ثَمَرَةَ فُؤَادِهِ؟ فَيَقُولُونَ: نَعَمْ. فَيَقُولُ: مَاذَا قَالَ عَبْدِي؟ فَيَقُولُونَ: حَمِدَكَ وَاسْتَرْجَعَ. فَيَقُولُ اللَّهُ: ابْنُوا لِعَبْدِي بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ وَسَمُّوهُ بَيت الْحَمد ". رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bandaning farzandi vafot etg: anda, Alloh Oʻz farishtalariga: ‹Bandamning farzandini olib qoʻydingizmi?› deydi. Ular: ‹Ha›, deyishadi. Alloh: ‹Uning yuragining mevasini olib qoʻydingizmi?› deydi. Ular: ‹Ha›, deyishadi. Alloh: ‹Bandam nima dedi?› deydi. Ular: ‹U Senga hamd aytdi va ‹innaa lillaahi va innaa ilayhi rojiʼuun› dedi›, deyishadi. Shunda Alloh: ‹Bandamga jannatda bir uy bino qilinglar va uni ‹Hamd uyi› deb nomlanglar›, deydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.