وَعَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: لَمَّا مَاتَ أَبُو سَلَمَةَ قُلْتُ غَرِيبٌ وَفِي أَرْضِ غُرْبَةٍ لَأَبْكِيَنَّهُ بُكَاءً يُتَحَدَّثُ عَنْهُ فَكُنْتُ قَدْ تَهَيَّأْتُ لِلْبُكَاءِ عَلَيْهِ إِذْ أَقْبَلَتِ امْرَأَةٌ تُرِيدُ أَنْ تُسْعِدَنِي فَاسْتَقْبَلَهَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: «أَتُرِيدِينَ أَنْ تُدْخُلِي الشَّيْطَانَ بَيْتًا أَخْرَجَهُ اللَّهُ مِنْهُ؟» مَرَّتَيْنِ وَكَفَفْتُ عَنِ الْبُكَاءِ فَلَمْ أبك. رَوَاهُ مُسلم
Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Abu Salama vafot etganida, men: «(U) gʻarib (musofir) va gʻurbat yurtida (vafot etdi); men unga el orasida tilga olinadigan (zoʻr) yigʻi bilan yigʻlayman», — dedim. Shunday qilib, men unga yigʻlashga tayyorgarlik koʻrdim, shu payt shahar chekkasidan menga (yigʻida) hamroh boʻlmoqchi boʻlgan bir ayol kelib qoldi. Shunda Rasululloh ﷺ unga roʻbaroʻ boʻlib: «Sen Alloh ikki marta chiqarib yuborgan uyga shaytonni kirgizmoqchimisan?» — dedilar — (buni) ikki marta (aytdilar). Shunda men yigʻidan toʻxtadim va yigʻlamadim.