وَعَنِ الْبُخَارِيِّ تَعْلِيقًا قَالَ: لَمَّا مَاتَ الْحَسَنُ بن الْحسن بن عَليّ ضَرَبَتِ امْرَأَتُهُ الْقُبَّةَ عَلَى قَبْرِهِ سَنَةً ثُمَّ رَفَعَتْ فَسَمِعَتْ صَائِحًا يَقُولُ: أَلَا هَلْ وَجَدُوا مَا فَقَدُوا؟ فَأَجَابَهُ آخَرُ: بَلْ يَئِسُوا فَانْقَلَبُوا
Imom Buxoriy (rahimahulloh) taʼliq tarzida rivoyat qilib aytadi: Hasan ibn Hasan ibn Ali vafot etganida, uning xotini qabri ustiga bir yil (davomida) chodir tikdi, soʻng uni olib tashladi. Shunda u bir nido qiluvchining: «Yoʻqotgan narsalarini topishdimikan?» deganini eshitdi. Boshqa (nido qiluvchi) esa unga: «Yoʻq, balki umid uzib, qaytib ketishdi», deb javob berdi.