وَعَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِن السِّقْطَ لَيُرَاغِمُ رَبَّهُ إِذَا أَدْخَلَ أَبَوَيْهِ النَّارَ فَيُقَالُ: أَيُّهَا السِّقْطُ الْمُرَاغِمُ رَبَّهُ أَدْخِلْ أَبَوَيْكَ الْجَنَّةَ فَيَجُرُّهُمَا بِسَرَرِهِ حَتَّى يُدْخِلَهُمَا الْجَنَّةَ ". رَوَاهُ ابْن مَاجَه
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta chala tushgan bola ota-onasi doʻzaxga kiritilsa, Robbisiga oʻjarlik qiladi. Shunda: ‹Ey Robbisiga oʻjarlik qilayotgan chala tushgan bola! Ota-onangni jannatga kirit›, deyiladi. Bas, u ularni kindik ipi bilan tortib, jannatga kiritadi», dedilar.