وَعَنِ الْحُسَيْنِ بْنِ عَلِيٍّ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ وَلَا مُسْلِمَةٍ يُصَابُ بِمُصِيبَةٍ فَيَذْكُرُهَا وَإِنْ طَالَ عَهْدُهَا فَيُحْدِثُ لِذَلِكَ اسْتِرْجَاعًا إِلَّا جَدَّدَ اللَّهُ تَبَارَكَ وَتَعَالَى لَهُ عِنْدَ ذَلِكَ فَأَعْطَاهُ مِثْلَ أَجْرِهَا يَوْمَ أُصِيبَ بِهَا» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شعب الْإِيمَان
Husayn ibn Ali (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Qaysi bir musulmon erkak yoki musulmon ayol biror musibatga uchrasa-yu, garchi koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa ham, uni eslab istirjaʼ (‹Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun›) aytsa, albatta Alloh taborak va taolo unga oʻsha payt (ajrini) yangilab, unga musibatga uchragan kunidagi ajrining mislini beradi», dedilar. Ahmad va Bayhaqiy «Shuʼab ul-iymon»da rivoyat qilgan.