عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ رَجُلٍ يَكُونُ لَهُ إِبِلٌ أَوْ بَقَرٌ أَوْ غَنَمٌ لَا يُؤَدِّي حَقَّهَا إِلَّا أَتَى بِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ أعظم مَا يكون وَأَسْمَنَهُ تَطَؤُهُ بِأَخْفَافِهَا وَتَنْطِحُهُ بِقُرُونِهَا كُلَّمَا جَازَتْ أُخْرَاهَا رُدَّتْ عَلَيْهِ أُولَاهَا حَتَّى يُقْضَى بَيْنَ النَّاس»
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir marta men u zot (Paygʻambar ﷺ)ning oldiga bordim va u zot: «Joni qoʻlida boʻlgan Allohga qasamki (yoki, ehtimol: ‹Oʻzidan boshqa haq maʼbud boʻlmagan Allohga qasamki›, — dedilar) — kimda tuya yoki sigir yoki qoʻy boʻlib, u ularning zakotini bermagan boʻlsa, oʻsha hayvonlar Qiyomat kuni — avvalgisidan koʻra kattaroq va semizroq holda — keltiriladi va ular uni tuyoqlari bilan bosib, shoxlari bilan suzadi; (bu hayvonlar davra (aylana) boʻlib keladi:) oxirgisi oʻz (galini) tugatganda, birinchisi yana boshlaydi — va bu azob Alloh odamlar orasida hukm chiqarib boʻlguncha davom etadi», — dedilar.