عَن أَبِي هُرَيْرَةَ. قَالَ: بَعَثَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عُمَرَ عَلَى الصَّدَقَةِ. فَقِيلَ: مَنَعَ ابْنُ جَمِيلٍ وَخَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ وَالْعَبَّاسُ. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا يَنْقِمُ ابْنُ جَمِيلٍ إِلَّا أَنَّهُ كَانَ فَقِيرًا فَأَغْنَاهُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ. وَأَمَّا خَالِدٌ فَإِنَّكُمْ تَظْلِمُونَ خَالِدًا. قَدِ احْتَبَسَ أَدْرَاعَهُ وَأَعْتُدَهُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ. وَأَمَّا الْعَبَّاسُ فَهِيَ عَلَيَّ. وَمِثْلُهَا مَعَهَا» . ثُمَّ قَالَ: «يَا عُمَرُ أَمَا شَعَرْتَ أَن عَم الرجل صنوا أَبِيه؟»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Umarni sadaqa (zakot yigʻish)ga yubordilar. Shunda: «Ibn Jamil, Xolid ibn Valid va Rasululloh ﷺ ning ammakilari Abbos (zakot berishdan) bosh tortishdi», deyildi. Rasululloh ﷺ: «Ibn Jamil faqir edi, soʻng Alloh uni boy qildi, shundan boshqa narsa uni (zakotni) inkor qilishga undamagan. Xolidga kelsak, sizlar Xolidga zulm qilyapsizlar, axir u oʻzining sovutlari va jang anjomlarini Alloh yoʻlida vaqf qilib qoʻygan. Abbosga kelsak, uning (zakoti) mening zimmamda, yana shuncha (ortigʻi) ham men bilan birga», dedilar. Soʻng: «Ey Umar, bilmaysanmi, kishining amakisi otasining bir tomiri (oʻrnida)dir», dedilar.