عَن جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ قَالَ: جَاءَ نَاسٌ يَعْنِي مِنَ الْأَعْرَابِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالُوا: إِنَّ نَاسًا مِنَ المصدقين يَأْتُونَا فيظلمونا قَالَ: فَقَالَ: «أَرْضُوا مُصَدِّقِيكُمْ وَإِنْ ظُلِمْتُمْ» رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ
Jarir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Baʼzi odamlar — yaʼni aʼrobiylardan (sahroyi arablardan) — Rasululloh ﷺ ning oldilariga kelib: «Sadaqa yigʻuvchilardan baʼzi odamlar oldimizga kelib, bizga zulm qiladilar», — dedilar. U dedi: Shunda u zot: «Sadaqa yigʻuvchilaringizni rozi qiling», — dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, ular bizga zulm qilsalar ham-a?» — dedilar. U zot: «Sadaqa yigʻuvchilaringizni rozi qiling», — dedilar. Usmon (oʻz rivoyatida): «Mabodo sizga zulm qilinsa ham», — deb ziyoda qildi. Abu Komil oʻz hadisida shunday dedi: Jarir aytdi: Men buni Rasululloh ﷺ dan eshitganimdan keyin oldimdan biror sadaqa yigʻuvchi mendan rozi boʻlmagan holda qaytmadi.